Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Miriam Spiteri Debono Malta prezidenti lavozimiga kirishdi

Miriam Spiteri Debono Malta prezidenti lavozimiga kirishdi

Maltaning yangi saylangan prezidenti Miriam Spiteri Debono payshanba kuni parlamentning bir ovozdan qabul qilingan qaroridan so‘ng Maltaning 11-prezidenti sifatida qasamyod qildi, deya xabar beradi Sinhua.

U parlamentning navbatdan tashqari sessiyasi chog‘ida respublika prezidentining rasmiy qarorgohi bo‘lmish Vallettadagi Buyuk magistr saroyida qasamyod qildi.

71 yoshli M.Spiteri Debono mamlakat tarixida prezidentlik lavozimini egallagan uchinchi ayol bo‘ldi va bundan oldin u Vakillar palatasini boshqargan yagona ayol edi.

U so‘nggi besh yil davomida bu lavozimda ishlagan Jorj Vella o‘rnini egalladi.

Kiritildi: 12:59 05.04.2024. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!