Finlyandiya hukumati respublikaning piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash bo‘yicha Ottava konvensiyasidan chiqish tashabbusini ma’qulladi.
"Taklif parlamentga kiritiladi. Chiqish parlamentning roziligi, respublika prezidentining tasdig‘i va BMT Bosh kotibiga chiqish to‘g‘risidagi bayonnomat topshirilishi orqali amalga oshiriladi," deya xabar bermoqda hukumat matbuot xizmati.
Mart oyida Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha hokimiyati "beqaror vaziyat" sababli Ottava konvensiyasidan chiqish va Rossiya bilan chegaralarni minalashtirish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishdi.