Besh millionga yaqin odamni evakuasiya qilish buyurilgan. “Milton” to‘foni mahalliy vaqt bilan chorshanba kuni kechqurun Floridaning janubi-g‘arbiy sohillariga yetib borishi kutilmoqda, deya xabar beradi euronews.com.
Floridaning g‘arbiy sohillariga tahdid solayotgan "Milton" to‘foni biroz zaiflashishiga qaramay, 5-toifali dovul bo‘lib qolyapti.
Seshanba kuni “Milton” Florida qirg‘oqlari tomon harakatlanishidan oldin Meksikaning Yukatan yarim orolining qirg‘oqlariga ta’sir qildi, elektr uzatish liniyalari, chiroq ustunlari va daraxtlarni ko‘porib tashlangan.
Meteorologlar qayd etilgan bo‘ron eng halokatlilardan biri bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.
Prognozlarga ko‘ra, u quruqlikka yetib borgunga qadar zaiflashadi, lekin hajmi kattalashadi va halokatli ta’sir katta maydonga ta’sir qilishi mumkin.
AQSh Aholini ro‘yxatga olish byurosi hisob-kitoblariga ko‘ra, rasmiylar Floridaning umumiy aholisi taxminan 5,9 million kishi bo‘lgan 11 okrugi uchun majburiy evakuasiya bo‘yicha buyruqlar chiqargan.
Tampa meri Jeyn Kastor, uning shahri uchun bashorat qilingan 15 futgacha bo‘lgan bo‘ron butun uyni yutib yuboradigan darajada kuchli bo‘lishini aytdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Germaniya va Angolaga rejalashtirilgan safarlarini keyinga qoldirdi.