Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Milton» to‘foni 50 milliard dollar zarar yetkazdi — Bayden

«Milton» to‘foni 50 milliard dollar zarar yetkazdi — Bayden

«Milton» to‘foni yetkazgan zarar — 50 milliard dollar. Bu haqda bayonot bergan AQSh prezidenti Jo Bayden uning ma’muriyati Florida shtatining davlat va mahalliy rahbarlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, kerakli barcha resurslar bilan ta’minlayotganini ma’lum qildi.

U «Milton» to‘fonidan so‘ng qutqaruv va tiklash ishlari bilan band barchaga minnatdorlik bildirib, ertaga, yakshanba kuni tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarga borishini ma’lum qildi.

Florida shtati hukumati ma’lumotiga ko‘ra, suv toshqini payti 1 600 dan ziyod kishi qutqarilgan. Floridaning 2,2 milliondan ziyod aholisi elektrsiz qolmoqda.

Garchi to‘fon chekingan bo‘lsa-da, Milliy meteorologiya xizmati yaqin kunlar yoki hafta davomida suv toshqinlari xavfi borligidan ogohlantirdi.

Kiritildi: Bugun 03:30. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!