Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Milliardlab zarar tahdidi: Mask Trampning “katta go‘zal qonuni”ni tanqid qilmoqda

Milliardlab zarar tahdidi: Mask Trampning “katta go‘zal qonuni”ni tanqid qilmoqda

Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Tramp taklif etgan "The One Big Beautiful Bill" nomli soliq va xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini keskin tanqid qilmoqda. U hatto bunday tashabbuslarni to‘sish uchun o‘z siyosiy partiyasini tuzishni ham ko‘rib chiqmoqda. Maskning fikricha, bu qonun AQSh davlat qarzining katta o‘sishiga olib keladi.

Biroq tahlilchilarga ko‘ra, Maskning asosiy xavotiri — Tesla kompaniyasining milliardlab dollar zarar ko‘rishi mumkinligi. Qonun loyihasi elektromobillar uchun 7500 dollarlik soliq imtiyozini bekor qilish, hamda akkumulyator va quyosh panellari uchun subsidiyalarni qisqartirishni ko‘zda tutadi. Bu Tesla’ni davlat qo‘llab-quvvatlovidan mahrum qiladi.

JP Morgan banki tahlilchisi Rayan Brinkman baholashicha, qonun qabul qilinsa, Tesla yillik foydasining yarmidan ko‘prog‘ini yo‘qotishi, ya’ni 2 milliard dollar atrofida zarar ko‘rishi mumkin.

Scalable Capital bosh iqtisodchisi Kristian Ryol ham bu bahoni real deb hisoblaydi. Uning aytishicha, Tesla so‘nggi chorakda 409 million dollar foyda qilgan bo‘lsa, imtiyozlarsiz 200 million dollar zarar ko‘rar edi.

Qonun loyihasi Tesla uchun juda noqulay paytda keldi — kompaniyaning yillik foydasi 71% kamaydi, avtomobillar sotuvi 13% tushdi, va Yevropa hamda Xitoydagi bozor ulushlari pasaymoqda.

Ryolning ta’kidlashicha, Mask siyosiy frontda Trampka qarshi chiqib, xafvli o‘yinga kirgan:

“Agar u o‘z partiyasini tuzsa, Tramp uni yanada kuchliroq siyosiy bosimga olishi mumkin”.

Biroq ekspertning fikricha, Tesla avval ham og‘ir sharoitlarda omon qolgan, va bu safar ham zararni qoplash imkoniyati bor — agar menejment samarali ish yuritsa.

“Bu titulli vazifa — lekin imkonsiz emas”, — deydi Ryol.

Kiritildi: 14:54 10.07.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!