Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Mikrofirmalar uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkasi bekor qilinishi mumkin

Mikrofirmalar uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkasi bekor qilinishi mumkin

Aylanmadan soliqni qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. U o‘tgan yili 4 foiz miqdorida joriy qilingan edi.

O‘zbekistonda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari bekor qilinishi mumkin. Bu 2025 yilga mo‘ljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi rejalashtirilgani munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasida nazarda tutilgan.

Aylanmadan soliqni qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. U o‘tgan yili 4 foiz miqdorida joriy qilingan edi.

2025 yil 1 yanvardan 500 million so‘mgacha bo‘lgan yillik jami daromad uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi 34 million so‘mni (+36 foiz), 500 million so‘mdan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan daromadlar uchun 40 million so‘mni (+33,3 foiz) tashkil etadi.

Bunda ushbu soliq rejimining amal qilish muddati 2026 yil 1 yanvar qilib belgilanmoqda. Bu muddatdan so‘ng mikrofirmalar aylanma soliqni soddalashtirilgan tartibda to‘lash imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 02:51 11.11.2024. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!