Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Migrasiya agentligi Koreyadagi ish joyiga yetib bora olmayotgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

Migrasiya agentligi Koreyadagi ish joyiga yetib bora olmayotgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida korxonasidan mehnat ta’tili olib, O‘zbekistonga qaytgan biroq, SOVID-19 virusining tarqalishi natijasida Koreyadagi korxonasiga yetib bora olmayotgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
           
Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Inson resurslarini rivojlantirish xizmati o‘rtasida o‘zaro muzokaralar olib borilgan.

Koreya Respublikasi talabiga binoan mazkur davlat hududiga kirishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda fuqarolar tomonidan Koreyada 14 kunlik majburiy karantin talablariga rioya qilish bo‘yicha rozilik bitimini tuzishi hamda O‘zbekistonda belgilangan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan fuqaroning rozilik bitimida ko‘rsatilgan o‘zini-o‘zi yakkalash joyi o‘rganiladi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, fuqarolar tomonidan o‘zini-o‘zi yakkalash joyi karantin qoidalariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, fuqarolarga Koreya Respublikasiga kirish uchun ruxsat beriladi.

Qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinishicha, fuqarolar tomonidan to‘ldirilgan rozilik bitimida o‘zini-o‘zi yakkalash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri berilganligi yoki ish beruvchining bu haqda xabarsiz ekanligi aniqlanmoqda.

“Rozilik bitimini to‘ldirishdan oldin ish beruvchingiz bilan karantinda saqlash joyini aniqlashtirish hamda haqqoniy ma’lumotlarni rozilik bitimiga kiritishingizni so‘raymiz. Siz tomondan noto‘g‘ri berilgan ma’lumotlar Koreya Respublikasiga kirib bormasligingizga hamda Koreya Respublikasi hududiga kirish uchun taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Koreya Respublikasidagi epidemiologik vaziyat tufayli ishchi vizasiga ega fuqarolarning Koreya Respublikasiga mavjud charter reys orqali kirib borishlari cheklangan bo‘lib, (bir reysda 60 nafargacha) ularning ro‘yxati eng avvalo fuqarolarning ID karta amal qilish muddatiga asosan shakllantiriladi (viza amal qilish muddati).

Yuqoridagilarni inobatga olib Sizlardan ushbu vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishingiz va rozilik bitimida ko‘rsatgan ma’lumotlaringiz to‘g‘ri ekanligiga shubhalansangiz zudlik bilan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining 71-202-33-55 (41, 46) telefon raqamiga murojaat qilishingiz so‘raladi”, - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:38 03.06.2020. O'qildi: 2276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!