Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Migrantlarning farzandlari Rossiyada o‘qish uchun rus tilidan 90 foizlik natija olishi kerak

Migrantlarning farzandlari Rossiyada o‘qish uchun rus tilidan 90 foizlik natija olishi kerak

Migrant bolalarni rus tilini bilish darajasini testdan o‘tkazish bo‘yicha yangi tartib 1 apreldan boshlanadi va maktabga qabul qilish uchun 90 foiz to‘g‘ri javob berish talab qilinadi, deb ma’lum qilgan Rossiya Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

"1-sinfga qabul qilish uchun 10 savoldan 9 tasiga to‘g‘ri javob berish,
2-5-sinflarga - 20 savoldan 18 tasiga,
6-9-sinflarga - 22 savoldan 20 tasiga,
10-11-sinflarga - 24 savoldan 22 tasiga to‘g‘ri javob berish kerak".

Davlat Dumasi Spikeri bu masala nazoratdan chiqarilmasligini ta’kidlab, "ushbu me’yorlarning qo‘llanilishini tahlil qilish, hududlar va pedagogik jamoalarning fikrini o‘rganish zarur", dedi.

Shuningdek, u Rossiya IIV ma’lumotlarini keltirib, joriy yil 1 yanvar holatiga ko‘ra Rossiyada 783 mingdan ortiq voyaga yetmagan migrantlar borligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 10:23 03.04.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!