Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Microsoft Blue Screen’ni yopdi – «o‘lim ekrani» endi qora rangda

Microsoft Blue Screen’ni yopdi – «o‘lim ekrani» endi qora rangda

Microsoft o‘zining mashhur «Blue Screen of Death» (o‘limning ko‘k ekrani) xatolik ekranlarini endi butunlay qora fonga almashtirishini e’lon qildi.

Kompaniyaning qayd etishicha, ushbu o‘zgarish Windows tizimini barqarorlashtirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli choralar doirasida amalga oshiriladi.

«Endi kutilmagan qayta yuklanishlar paytida yo‘nalishni topish va tizimni tezroq tiklash ancha osonlashdi», — deyiladi xabarda.

Ushbu qadam 2024 yildagi Crowdstike hodisasidan so‘ng chiqarilgan saboqlar fonida qo‘yilmoqda. O‘sha vaqtda dunyo bo‘yicha millionlab Windows tizimlari ishdan chiqqani va keng miqyosli axborot texnologiyalari uzilishlariga sabab bo‘lgani ma’lum.

Microsoft’ning ko‘k xatolik ekrani 40 yil davomida turli Windows tizimlarida foydalanuvchilarga tanish bo‘lib kelgan edi. Endi esa u tarixda qoladi.

Kiritildi: 17:34 28.06.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!