Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxs 10 yilga kesildi

A A A
MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan shaxs 10 yilga kesildi

Namangan viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan davlat ijrochisiga xo‘jalik pichog‘i bilan kelib, qonuniy faoliyatga qarshilik qilib, majburiy ijro harakatlariga to‘sqinlik qilgan fuqaroga hukm o‘qildi.

Ma’lumki, Byuro organlari davlat ijrochilari sud va boshqa organ qarorlarini ijro etish orqali fuqarolar hamda jamiyat manfaatini himoya qiladi. Ammo, keyingi vaqtlarda ayrim qarzdor fuqarolar tomonidan sud qarori asosida belgilangan undirilish lozim bo‘lgan summani to‘lash o‘rniga, davlat ijrochisiga qarshilik qilish yoki ularga turli darajada tan jarohat yetkazishmoqda.

Jumladan, joriy yilning 10 aprel kuni Byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochisi bilan bo‘lgan voqea ham fikrimizga misoldir.


Davlat ijrochisi S.Badalboyev 10 aprel kuni soat 15:40 larda qarzdor fuqaro O.Toshboyev yashash xonadoniga kredit hamda boshqa qarzdorliklar, shuningdek davlat foydasiga boj undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borgan. Lekin, davlat ijrochisi xonadonga kelganda qarzdor yo‘q bo‘lgan. Qarzdor O.Toshboyevga telefon orqali majburiy ijro harakatlari tayinlangani va kelishini aytadi. Shundan so‘ng, qarzdor “sher” misoli davlat ijrochisini qasddan o‘ldirish maqsadida xo‘jalik pichog‘i bilan kelib, qonuniy faoliyatga qarshilik qilib, majburiy ijro harakatlariga to‘sqinlik qiladi.

Ijro harakatlari davom ettirayotgan paytda esa qarzdor davlat ijrochisni ko‘krak qafasiga xo‘jalik pichog‘i bilan urmoqchi bo‘lganda o‘zini himoya qiladi va o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy jarohat olgan. Lekin, qarzdor yana davlat ijrochisini o‘ldirish maqsadida uni ortidan quvgan vaqtda majbiy ijro harakatlarida ishtirok etayotgan davlat xizmatchilari tomonidan qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i olib qo‘yiladi va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi.

Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilishi natijada ayblanuvchi oldin ham bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilganligi ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan tergov va surishtiruvlar jarayonida O.Toshboyev fuqarolarni ishonchiga kirib, firibgarlik bilan o‘zgalarni pul mablag‘larini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani ham aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudida atroflicha ko‘rilib, hukm e’lon qilindi.
Sudning yakuniy qaroriga ko‘ra, O.Toshboyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi, 168-moddasi, 3-qismi hamda 219-moddaning 2-qismida nazarda tutgan jinoyatlarni sodir etganda aybli deb topildi.
Unga nisbatan uzil-kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 19:14 08.09.2023. O'qildi: 3307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!