Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

MIB: Surishtiruvda undirilmagan pullar ijroda undirildi

MIB: Surishtiruvda undirilmagan pullar ijroda undirildi

Navoiy shahrida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik sub’ektlarining energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari bo‘yicha MIB Navoiy shahar bo‘limi tomonidan 2018 yilda jami 32 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularning hammasi mazmunan hal qilish uchun ma’muriy sudlarga yuborilgan.
Jumladan, ohak ishlab chiqarish uchun tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan shunday tadbirkorlardan biri huquqbuzarligi oqibatida ta’minotchi korxona manfaatlariga 14 240 000 so‘m miqdorida zarar yetkazganligi oqibatida unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
 Xatirchi tuman ma’muriy sudining qaroriga ko‘ra unga nisbatan jarima qo‘llanilgan. 
Surishtiruv va sud davomida undirilishi ta’minlanmagan zarar o‘z vaqtida to‘lanmagandan keyin MIB Navoiy shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari olib borilishi natijasida 14 240 000 so‘m miqdoridagi ta’minotchi korxona manfaatlariga yetkazilgan zarar “Uztransgaz” AKning Navoiy viloyati bo‘yicha hududiy filiali hisob raqamiga o‘tkazildi.

Kiritildi: 16:53 14.08.2019. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!