Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

MIB Nurobodda bank foydasiga 10 mlrd.so‘mlik mulkni savdoga qo‘ydi

MIB Nurobodda bank foydasiga 10 mlrd.so‘mlik mulkni savdoga qo‘ydi

Joriy yilning o‘tgan davrida bank undiruvlari bo‘yicha jami 14,4 milliard so‘mlik 1700 dan ortiq ijro ishi bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirildi.

Shundan 2,1 milliard so‘mlik 739 ta ijro hujjatining ijrosi ta’minlandi.

Shuningdek, 10,1 milliard so‘mlik 4 ta garov mulki elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi va banklar foydasiga undiruv amalga oshirildi.

Masalan, Samarqand shahri fuqarolik ishlari bo‘yicha iqtisodiy sudining qaroriga asosan, qarzdor korxonadan bank foydasiga 10,3 milliard so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirildi. Garovdagi noturar binolar xatlanib, elektron onlayn-auksion savdosiga qo‘yilmoqda.

Hozirda xatlangan garov mulklari elektron onlayn-auksion savdosida sotuvga qo‘yilgan.

Kiritildi: 21:45 15.08.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!