Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limida, shu kunga qadar, kredit undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlar bo‘yicha 350 ta 56 mlrd 948 mln. 450 so‘mlik hujjatlar tamomlanilishiga erishilgan.
Qayd etilishicha, hozirda, 173 ta – 28 mlrd 300 mln so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, 36 ta banklar foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan ko‘char va ko‘chmas mulklar hamda avtotransport vositalarini auksion savdosi orqali realizasiya qilish jarayonlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor «K.A.» korxonasidan undiruvchi «Kapitalbank» ATB banki foydasiga jami 11 mlrd 458 mln so‘m undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lib, ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga tegishli 1 ta ko‘chmas mulk va 5 turdagi transport vositalari xatlanib realizasiya ishlari amalga oshirilgan va qarzdorga tegishli 130 ta avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.