Meksikaning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir sabab ko‘chkilar oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy hokimiyat xabar bermoqda.
"Meksika shtatining Fuqaro muhofazasi va xavf-xatarlarni integrasiyalashgan boshqarish boshqarmasining muvofiqlashtiruvchi shtab-kvartirasiga ko‘ra, hozirgacha olti kishining o‘limi va uchta jarohati haqida xabar berilgan", - deyiladi Meksika hukumati bayonotida.
Qayd etilishicha, favqulodda holat Naukalpan munisipalitetining La Rakelito hududida bir kun avval kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida yuzaga kelgan. Shtat hukumatining ta’kidlashicha, ko‘chki xususiy uy va Emiliano Sapata boshlang‘ich maktabiga ta’sir qilgan.
El Universal xabariga ko‘ra, avvalroq yer ko‘chkisi Meksika poytaxtining yana bir chekkasida – Mexiko shahrining Xilosingo munisipalitetida sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, qutqaruvchilar vayronalar ostidan besh nafar halok bo‘lganlarning jasadini olib chiqishgan, ko‘chki qurbonlarining umumiy soni to‘qqiz kishiga yetgan.