Lionel Messining Fransiyaning "PSJ" klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasida Argentina terma jamoasi bilan bog‘liq band bor.
Tyc Sports xabariga ko‘ra, "PSJ" Messining Argentina terma jamoasiga qilgan sayohatiga aralasha olmaydi. Bu o‘rtoqlik uchrashuvlariga ham tegishli.
Shuningdek, Messi "PSJ" rahbariyatidan Argentina terma jamoasi shtab-kvartirasidagi shifokorlarga «Park de Prens» bazasiga kirishni ruxsat berishni so‘ragan. Ular Parij klubi shifokorlari bilan birga Lionelning sog‘lig‘ini kuzatib boradilar.