Argentina terma jamoasining jahon chempionatidagi g‘alabasidan keyin Lionel Messining ijtimoiy tarmoqdagi posti layk to‘plash bo‘yicha dunyo rekordini yangiladi.
Hozirgacha argentinaliklar sardorining chempionlikka qo‘ygan suratiga qariyb 56 mln. layk bosildi.
Shuningdek, Messining posti bir oy oldin Krishtianu Ronaldu joylagan “Louis Vuitton” reklamasi bo‘yicha olingan surat rekordini ham yangiladi. O‘sha post 42 mlndan ortiq layk to‘plagan.
Umuman olganda esa Messining posti 2019 yil yanvar oyida chop etilgan va 55,7 mlnga yaqin layk olgan tovuq tuxumi suratining rekordini yangiladi.