Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Messi va Ronaldu faoliyatida ilk bor bunday hodisa yuz berdi

Messi va Ronaldu faoliyatida ilk bor bunday hodisa yuz berdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogi guruh bosqichida gol ura olmadi. Shuningdek, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 2024 yilgi Yevropa chempionati guruh o‘yinlarida birorta ham gol ura olmagan.

Qayd etish joiz, har ikki futbolchi ham faoliyatida ilk bor milliy terma jamoalar musobaqasining guruh bosqichida gol ura olmadi. Ronaldu va Messi bittadan golli uzatmani amalga oshirishdi.

Argentina terma jamoasi Amerika kubogining pley-off bosqichiga birinchi o‘rindan ishonch bilan yo‘l oldi. Portugaliya ham o‘z navbatida birinchi o‘rinda Yevropa chempionatining 1/8 finaliga yo‘l oldi. Pley-offning birinchi bosqichida Roberto Martines shogirdlari Sloveniyaga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 17:17 30.06.2024. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!