Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Davlat departamenti xavotirga tushib qoldi

AQSh Davlat departamenti xavotirga tushib qoldi

Davlat departamenti Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Moskvaga tashrifidan xavotir bildirdi va bu safar Ukraina mojarosini hal qilishga yordam bermaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda xorijiy OAVga AQSh TIV vakili ma’lum qildi.

«Biz Bosh vazir Orbanning Moskvaga safar qilishni tanlaganidan xavotirdamiz, bu tinch yo‘l bilan kelishuvga erishishga hissa qo‘shmaydi va Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini targ‘ib qilishga teskari samara beradi», — dedi Davlat departamenti matbuot xizmati.

Shuningdek, «Rossiya Ukraina hududidan qo‘shinlarini olib chiqib ketish orqali bugun Ukrainadagi urushni tugatishi mumkin» deya ta’kidlandi.

5 iyul kuni Putin va Orban Kremlda 2,5 soatdan ortiq davom etgan muzokaralar o‘tkazdi.

Kiritildi: 12:07 06.07.2024. O'qildi: 11600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!