Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov Buxarestda o‘tgan shaxmat turnirida qancha ishlab olgani ma’lum qilindi

Nodirbek Abdusattorov Buxarestda o‘tgan shaxmat turnirida qancha ishlab olgani ma’lum qilindi

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Grand Chess Tour seriyasiga kiruvchi Superbet Chess Classic Romania turniri o‘z yakuniga etdi.

Ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov (2766) ham ishtirok etgan. Uchrashuvlarning 8 tasida durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan Abdusattorov yakunda 9-o‘rinni egalladi hamda tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan 14 500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritgan.
Nodirbek Abdusattorov Buxarestda o‘tgan shaxmat turnirida qancha ishlab olgani ma’lum qilindi

O‘z navbatida, musobaqa chempioni Fabiano Karuana 68 750 AQSh dollariga ega bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinda bir xil ochko qayd etgan uch nafar shaxmatchi — fransiyalik Alirezo Firuzja, hindistonlik Dommaraju Gukesh va Rameshbabu Pragnanandhaning har biriga 58 750 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti taqdim etildi.

Kiritildi: 23:51 06.07.2024. O'qildi: 3974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!