Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev o‘zining Instagram sahifasida muxlislar bilan muloqotda kirishdi.
Aniqrog‘i, charm qo‘lqop ustamiz storis sahifasida "Nega ikki qavat paypoq kiyamiz, bilasizmi?" deya o‘z o‘quvchilariga murojaat qildi. Javobi esa original chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Ergashev 27 iyul kuni amerikalik Xulian Smitga qarshi ringga ko‘tariladi. Smit prof ringda 10 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (5 KO), hisobida 2 ta mag‘lubiyat bor. Ergashev esa 24 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.