Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Messi «Inter Mayami»ning tarixdagi eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi. Unga 1 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi

Messi «Inter Mayami»ning tarixdagi eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi. Unga 1 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi

Lionel Messiga «Inter Mayami»ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purariga aylanish uchun bir yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.

Argentinalik forvard so‘nggi turda «Nyu-Inglend Revolyushn» bilan o‘yinda (6:2) zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng, MLS muntazam chempionati samarali harakatlari bilan yakunladi. Shu tariqa, bugundan boshlab «Inter Mayami»ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatini aynan Messi boshqarib turibdi - 36 o‘yinda 33 ta gol. 37 yoshli jahon chempioni 98 uchrashuvda 32 marta gol urgan ekvadorlik Leonardo Kampanani reytingda ortda qoldirdi.

Uchinchi o‘rin Gonsalo Iguainda qolmoqda - 70 o‘yinda 29 gol, keyingi o‘rinda Luis Suares - 34 o‘yinda 24 gol.

Lionel Messi 2023 yil iyulidan buyon «Inter Mayami»da o‘ynamoqda.

Kiritildi: 10:57 20.10.2024. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!