Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Messi hushtaklar ostida qolib ketdi

A A A
Messi hushtaklar ostida qolib ketdi

"PSJ" hujumchisi Lionel Messini "Lion"ga qarshi bahsda parijlik muxlislar yaxshi kutib olmadi.

Argentinalik futbolchi Kristof Galtyening jamoasida asosiy tarkibga tushdi va diktor uning familiyasini aytib, tanishtirganda parijlik muxlislarning bir qismi futbolchiga hushtakbozilik qilishdi. Biroq ayrim muxlislar 35 yoshli futbolchiga qarsaklar bilan munosabat bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi "PSJ" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. So‘nggi haftalarda ommaviy axborot vositalarida futbolchining yaqin orada "Barselona"ga qaytishi haqidagi xabarlar ko‘proq paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 15:29 03.04.2023. O'qildi: 1784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!