Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Messi: "Faoliyatimning so‘nggi yillari ekanligini bilaman"

A A A
Messi: "Faoliyatimning so‘nggi yillari ekanligini bilaman"

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi sheriklarining savollariga javob berdi. Paulo Dibala Messidan erishgan yutuqlari haqida so‘radi.

“Doim raqobatda bo‘lsangiz, o‘z oldingizga yangi maqsadlar qo‘yganingizda, yutuqlaringizni biroz qadrlaysiz. Men faoliyatimning bir bosqichidaman, bu yerda bo‘layotgan hamma narsani yaxshi ko‘raman va men hamma narsani ko‘proq qadrlayman, chunki bu mening faoliyatimning so‘nggi yillari ekanligini bilaman.

O‘ylaymanki, karyeramni tugatgandan so‘ng, men erishgan barcha narsalarimni yanada ko‘proq qadrlayman. Ayniqsa, jahon chempioni bo‘lganimni”, - dedi Messi.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Lionel Messi endi "Inter Mayami"da o‘ynaydi.

Kiritildi: 20:14 12.07.2023. O'qildi: 2100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!