Lionel Messi «Real»ning Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishini istamagan.
Madrid klubi o‘tgan mavsumda finalda Dortmundning «Borussiya» jamoasini mag‘lub etib (2:0), turnir g‘olibiga aylangandi.
«Ochig‘i, biz Dortmundga muxlislik qildik, men «Barselona» fanatiman. Agar «Barsa» finalga chiqqanida, «Real» muxlislari ham raqibni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lishardi. Futbolda shunday.
Bolaligimdan «Barselona» muxlisiman, uni yaxshi ko‘raman. Hozir jamoani uzoqdan qo‘llab-quvvatlayman va umid qilamanki, biz Chempionlar Ligasida zafar quchish uchun kurashamiz, uni yutganimizga ancha vaqt bo‘ldi.
«Barsa» muxlisi sifatida «Real»ning YECHLni yutishini istamayman», — dedi hozirda «Inter Mayami»da o‘ynayotgan «ko‘k-anorranglilar» afsonasi ESPN nashriga.