Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Messi Barselonaga qaytishi mumkin

Messi Barselonaga qaytishi mumkin

«Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi noyabr oyi oxirida Barselonaga tashrif buyurishi mumkin.

Avvalroq «Barselona» o‘zining sobiq futbolchisini klubning 125 yilligini nishonlash uchun taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

"Diario Sport" xabariga ko‘ra, «Barselona» 37 yoshli Messini 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan klubning tug‘ilgan kunini nishonlash marosimiga taklif qilishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, agar argentinalik biron sababga ko‘ra kela olmasa, «ko‘k-anorranglilar» undan tadbir uchun videomurojaat yozib berishni so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2004 yildan 2021 yilgacha «Barselona»da o‘ynagan.

Kiritildi: 19:48 11.10.2024. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!