Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi va u Ukraina Qurolli Kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish g‘oyasini bayon qildi.
Bu haqda Germaniya Vazirlar Mahkamasi vakili Shtefan Kornelius jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning aytishicha, suhbatda Rossiya-Ukraina urushi haqida gap ketgan.
"Germaniya kansleri Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanish tashabbusini e’lon qildi”, — dedi Kornelius.
Germaniya Vazirlar Mahkamasi matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, yetakchilar urushni tezda yakunlash uchun birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib olgan.