Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Merkel Ukrainani NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqqanini tan oldi

Merkel Ukrainani NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqqanini tan oldi

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel o‘z xotiralarida 2008 yilda Ukrainaning NATOga qabul qilinishiga qarshi chiqqanini tan oldi, chunki u alyansning o‘zi xavfsizligidan qo‘rqqan. Bu haqda nemis OAVlari chop etgan kitobdan parchalarga tayanib, "TASS" xabar bermoqda.

Sobiq kansler Ukrainaning NATOga qo‘shilishi g‘oyasiga qarshi edi, chunki bu holda alyansning harbiy tuzilmalari Rossiya bilan aloqaga kirishadi. Bu o‘z navbatida dunyoda beqarorlikka olib keladi. 2008 yilda NATOning Buxarestdagi sammitida Merkel Kiyevning ittifoqqa kirishiga doimiy ravishda qarshi chiqqan edi.

“Yangi a’zoning qabul qilinishi nafaqat unga, balki NATOga ham ko‘proq xavfsizlik olib kelishi kerak, shuning uchun mamlakatni qabul qilish uchun uning harbiy salohiyati bilan birga, nomzodning ichki tuzilishini ham hisobga oladigan mezonlar mavjud”, dedi Merkel.

Avvalroq NATO harbiy qo‘mitasining sobiq rahbari Xarald Kujat Ukraina NATOga qabul qilinmasligi, chunki u alyans talablariga javob bermasligi va uni mustahkamlay olmasligini aytgan edi. Ukrainadagi Xalqaro Respublikachilar instituti so‘rov natijalarini e’lon qildi, unga ko‘ra ukrainaliklar orasida mamlakatning NATO va YEIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlash 7 foizga kamaydi.

Kiritildi: 13:53 21.11.2024. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!