Seshanba kuni Meksikaning mamlakat shimolidagi Monterrey shahrida o‘nga yaqin odamning jasadlari topildi, deya xabar beradi Kazinform BBC Newsga tayanib.
Jasadlar yonida yozilgan xabarlar qurbonlar jinoiy guruhni tozalashning bir qismi sifatida o‘ldirilganligini ko‘rsatadi.
Monterrey Meksikaning sanoat va biznes poytaxti bo‘lib, ko‘plab yirik kompaniyalarning bosh qarorgohi hisoblanadi.Yil boshida Tesla 2024 yilda shaharda ulkan avtomobil zavodini ochishini e’lon qilgan edi.
Parchalangan jasadlar Monterrey bo‘ylab yetti xil joyda topilgan. 2010 yillar boshida bir nechta narkotik kartellari shaharni nazorat qilish uchun raqobatlashdi. Raqiblarini qo‘rqitish maqsadida kartellar jasadlarni ko‘priklarga osib qo‘ygan yoki dushmanlarni ogohlantiruvchi belgilar yoniga tana qismlarini osib qo‘ygan.Mahalliy polisiyaning aytishicha, jasadlarni tahqirlash ortida qo‘shni Tamaulipas shtatidagi kartel turgan. Ushbu kartel rahbari Xuan Xerardo Trevinyo Chaves 2022 yil mart oyida Meksika xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan va AQShga deportasiya qilingan.
Giyohvand moddalar savdosidan tashqari, kartel Nuevo-Laredo va Tamaulipas shtatlarida muhojirlarni siquvga oladi. U Meksika orqali AQShga yo‘l olgan muhojirlarni o‘g‘irlaydi va ularning qarindoshlarini ozod qilish uchun oilalaridan minglab dollar talab qiladi.