Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Meksikada quruvchilar tasodifan qadimiy piramidani topib olishdi

Meksikada quruvchilar tasodifan qadimiy piramidani topib olishdi

Meksikaning Idalgo shtatida quruvchilar avtomagistral qurayotganda tasodifan yoshi 1375 yildan oshgan piramidani topib olishdi.

Ushbu muhim arxeologik kashfiyot 2024 yil iyun oyida amalga oshirildi, shundan so‘ng qazish ishlari uchun qurilish ishlari to‘xtatildi. Bu haqda Meksika Madaniyat vazirligi va Milliy antropologiya va tarix instituti xabar berdi.

Qo‘shni shahar nomi bilan San-Migel deb nomlangan piramida o‘nta tepalikli besh sektordan iborat. Bino ichida arxeologlar 155 ta qadimiy buyumlarni, shu jumladan chig‘anoqlar, keramika, tosh buyumlar, shuningdek, ko‘mir va ohak qoldiqlarini topishdi.

Tadqiqotchilar piramida klassik (650-950) va kechki postklassik (1350-1519) davrlarda mavjud bo‘lgan sivilizasiya Mestitlan davrida qurilgan deb taxmin qilishmoqda.

San-Agustin-Meskititlan shahrining turizm bo‘yicha direktori Ektor Labra Chavesning ta’kidlashicha, bungacha mazkur hududda ispan istilosi davrida sivilizasiyalar mavjudligiga oid hech qanday dalil topilmagan. Arxeologlarning qo‘shimcha qilishicha, bu topilma hudud tarixini o‘rganishda yangi sahifa ochadi.

Kiritildi: Bugun 09:14. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!