Meksika shimolidagi kafelardan biriga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu agentligi yozdi.
Meksika ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hujum Guanaxuato shtatidagi Apaseo-el-Grande shahrida sodir etilgan. Hujumchilar kafe va yaqin atrofdagi mijozlarga qarata o‘t ochgan.
Hujum natijasida 9 kishi halok bo‘ldi, yana 5 kishi tan jarohati oldi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar avvaliga kafedagi odamlarga qarata o‘q uzgan, keyin tasodifan boshqalarga qarata o‘q uzgan.
Voqea joyiga ko‘p sonli polisiya kuchlari jo‘natilgan. Hujum qilganlarni qo‘lga olish uchun keng ko‘lamli operasiya boshlandi.