Meksika AQShning Kubaga qarshi neft blokadasi sharoitida Vashington va Gavana o‘rtasida muloqotni vositachilik qilishga tayyor, deb ma’lum qildi Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum.
Bu haqda EFE nashri xabar bermoqda.
"Biz allaqachon takliflar kiritganmiz, endi hamma narsa ikki davlatga (AQSh va Kuba) bog‘liq. Meksika Kuba suvereniteti doirasida muloqotni ta’minlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi", dedi u. "Bu pozisiya Meksika tashqi siyosatining an’anaviy tamoyillariga mos keladi."
"Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi juda muhim va bu nafaqat bizning tamoyillarimizga tegishli - Kuba bilan tinch muloqot uchun sharoit yaratish kerak, chunki boshqa hech bir davlat bunday sanksiyalarga duchor bo‘lmaydi", deb ta’kidladi Meksika prezidenti.
Avvalroq Sheynbaum Kubaga gumanitar yordamni kengaytirishga va’da bergan edi.