Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Medvedev Moldovaning chaqirig‘iga tahdidli javob qaytardi

Medvedev Moldovaning chaqirig‘iga tahdidli javob qaytardi

Moldova hukumati 1940 yillarda yuz bergan ocharchilik borasidagi ayblovni Sovet Ittifoqi zimmasiga yuklasa, respublikani Ukraina taqdiri kutishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, sobiq prezident Dmitriy Medvedev ma’lum qildi. U bu orqali Moldova parlamenti spikeri Igor Grosuning mamlakatda urushdan keyin yuz bergan ocharchilikni genosid deya tan olishga chaqirgan so‘zlariga izoh berdi.

«Ukrainada 2006 yilda ‘ocharlik ertaklari’ni tegishli qonun ko‘rinishida shakllantirish yo‘li 2014 yilda birinchi nasistlar batalyoni, keyinroq esa ‘Azovʼ polki va brigadasini tuzishga 10 yildan kamroq muddatni talab etdi», — deb yozadi Medvedev «VKontakte»dagi sahifasiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «Barchasi tarix bilan o‘ynashishdan. Oxir-oqibat yangi urush domida qolmaslik uchun u bilan o‘ylamasdan o‘ynashish kerak emas. Yoki Moldova rostdan ham Ukraina taqdiriga sherik bo‘lmoqchimi?», — deydi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.

O‘tgan yilning oxirlarida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb Rossiyaga qarshi gibrid urushga Ukrainadan keyin Moldovani «navbatdagi qurbon» sifatida tayyorlayotganini ma’lum qilgandi.

Moldova hukumati bo‘lsa, avvalroq, Moskvani mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirish niyati borligida ayblagandi.

Kiritildi: 21:14 02.08.2024. O'qildi: 3181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!