Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Medvedev Yevropa AESlarida ham "baxtsiz hodisalar" bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘ydi

Medvedev Yevropa AESlarida ham "baxtsiz hodisalar" bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘ydi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Zaporojye atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishiga va Kiyevning bahonalariga munosabat bildirdi.

“Dastlab ular bu Rossiya, deyishadi. Lekin bunga hatto BMT va G‘arbning ahmoq rusofob jamoatchiligi ham ishonmadi.

Keyin ular bu "tasodifan sodir bo‘ladi, aslida ular buni xohlamagandilar" degan izohlar paydo bo‘ldi.

Agar bu o‘qqa tutishlar tasodifiy bo‘lsa, unda Yevropada ham atom stansiyalari borligini va ularda ham tasodifiy “halokatlar sodir bo‘lishi mumkinligi” eslatib qo‘ymoqchiman - dedi Medvedev.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosarining ushbu gaplarini ayrim yuragi toza to‘stlar noto‘g‘ri yo‘l deb tushunishlari mumkin, lekin bugungi mavjud sharoitda - bu yagona yo‘l, deb yozadi RT nashri.

Chunki Yevropa hozir o‘zini go‘yoki hech narsani sezmayotgandek qilib ko‘rsatishni ma’qul ko‘rmoqda. Vaholanki ularning Ukrainani bunday harakatlarni to‘xtatishga majburlash imkoni bor. Eng mudhish ssenariy amalga oshishi mumkin bo‘lgan holatda, buning "oqibatlari" Yevropa uchun qimmatga tushishini eslatib qo‘yish kerak, xolos.

Bu gaplardan so‘ng Yevropa ayyuhannos solib qichqirishi va dahshatli jazolar bilan tahdid qila boshlashiga biz allaqachon befarq bo‘lib qolganmiz. Biz shunchaki mumkin bo‘lgan yadroviy fojeaning oldini olish haqida gapiryapmiz. Kiyevga ta’sir o‘tkazadiganlar o‘z imkonidan foydalanmasa - ularni majburlash kerak.

Lekin eng ishonchli yo‘li, bu - Zaporojye viloyati hududini to‘liq egallab olish bo‘ladi. Bu haqda shu kungacha orttirgan tajribamio‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmoqda: Ukraina askarlari biror narsaga o‘q uzishi mumkin bo‘lsa, ular unga o‘q uzadilar. Ularni yo chekinishga majbur qilish kerak yoki bo‘lmasa artilleriya samolyotlarimiz tomonidan yerga ko‘mib tashlaganda to‘xtaydi.

Kiritildi: 17:50 13.08.2022. O'qildi: 3109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!