Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

MDHga raislik O‘zbekistonga o‘tdi

MDHga raislik O‘zbekistonga o‘tdi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik O‘zbekistonga o‘tdi. Tashkilotning navbatdagi sammiti 2027 yil oktyabr oyida Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

"Aytib o‘tilganidek, biz bugun kelasi yilning 1 yanvaridan boshlab MDHga raislik qilish estafetasi O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilamiz. Shuning uchun Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga ushbu muhim missiyada muvaffaqiyatlar tilamoqchiman va sizni ishontirib aytmoqchimanki, hurmatli Shavkat Miromonovich, o‘zbekistonlik do‘stlarimiz Rossiya tomonidan kerak bo‘ladigan barcha ko‘mak va yordamga tayanishlari mumkin." - dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Kiritildi: 16:55 09.10.2026. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!