Kilian Mbappe «Real» safida gollar urishda davom etmoqda. Yakshanba kuni «qaymoqranglilar» «Valensiya»ni 2:0 hisobida mag‘lub etishdi va Mbappe jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Shunday bo‘lsa-da, Mbappega Alvaro Arbeloadan ko‘ra Xabi Alonso bilan ishlash ko‘proq yoqqan. Bu haqda «El Partidazo» dasturiga tayangan holda «The Touchline» nashri xabar bermoqda.
Qizig‘i shundaki, avvalroq Alonso va Mbappe o‘rtasidagi munosabatlar tarang ekanligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Shu bilan birga, futbolchi murabbiy iste’foga chiqarilganidan so‘ng, aslida hech qanday muammo bo‘lmaganini aytgandi.
Hozirda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Barselona» hisobida madridliklardan bir ochko ko‘proq mavjud.