Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Mbappe uchun eng qulay pozisiya qaysi?

Mbappe uchun eng qulay pozisiya qaysi?

Fransiya terma jamoasi ustozi Didye Desham Kilian Mbappening o‘yini haqida fikr bildirdi.

Mutaxassisning fikricha, Mbappe hujum markazida o‘ynaganda maksimal foyda keltirishi mumkin.

"U aynan shu pozisiyada harakat qilishga odatlangan va maydonning aynan shu qismida maksimal darajada samarali harakat qiladi. U hujum markazida o‘ynab, Yevropaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Hech kim undan ko‘p gol ura olmadi. Uning uslubi Olivye Jirudagidek emas, lekin baribir uning uchun eng maqbul pozisiya aynan markazda deb o‘ylayman," - deya Deshamning so‘zlarini keltiradi RMC Sport portali.

Kiritildi: 21:17 07.06.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!