Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mbappe Messidan o‘tib ketdi

Mbappe Messidan o‘tib ketdi

«Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 10-turida «Barselona»ga qarshi o‘yinda jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Katta qiziqish bilan kutilgan to‘qnashuv 2:1 hisobi bilan madridliklar foydasiga yakunlandi, Mbappe esa ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa fransuz yulduzi o‘zining ilk yettita klassik uchrashuvida jami 8 ta gol urishga erishdi. XXI asrda bu ko‘rsatkich bo‘yicha unga teng keladigan futbolchi yo‘q.

Statistikaga ko‘ra, Mbappe bu borada «Barselona»ning sobiq afsonaviy hujumchisi Lionel Messidan ham o‘tib ketdi. Messi «Real Madrid» darvozasiga dastlabki yettita klassikda 6 ta gol urgan edi.

Kiritildi: 15:15 26.10.2026. O'qildi: 1637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik