Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mbappe: «Leo Messi bilan birga o‘ynash men uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi»

Mbappe: «Leo Messi bilan birga o‘ynash men uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi»

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «PSJ» tarkibida Lionel Messi bilan birga o‘ynagan davri haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdi. Hozir Messi AQShning «Inter Mayami» klubi sharafini himoya qilmoqda.

«Tarixga kirgan futbolchilar haqida gap ketganda, albatta, Messi yodga tushadi. U kiyinish xonasida oddiy inson edi. Mashhur bo‘lganingizda ko‘pchilik siz haqingizda turli gap-so‘zlar tarqatadi, ularga ishonsangiz, o‘zingiz ham shunga ishona boshlaysiz. Ammo u bunday emasdi — u haqiqatan ham oddiy inson bo‘lib, hammani hurmat qilardi. Futbolchi sifatida esa u beqiyos edi. Agar jamoangizda shunday inson bo‘lsa, u bilan birga bo‘lishingiz, uning qilgan har bir ishini kuzatishingiz kerak. U menga o‘yinni yaxshiroq tushunishga juda katta yordam berdi.

Menga Leo Messi bilan birga o‘ynash baxti nasib qildi. Faoliyatim davomida u bilan bir jamoada bo‘lishim mumkin deb hech o‘ylamaganman. Men uni butun umri davomida “Barselona”da qoladi deb o‘ylardim, chunki mening orzuyim “Real”da o‘ynash edi. “Barselona”ga o‘tish haqida hech qachon o‘ylamaganman. Men unga faqat minnatdorlik bildirishim mumkin. Bu men uchun ajoyib imkoniyat bo‘lgan», — dedi Mbappe "Movistar"ga bergan intervyusida.

Kiritildi: 23:29 12.10.2025. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!