"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubida qolish haqida gapirdi.
“Ha, men Parijda qolaman. Yana bir yil shartnomam bor va klub yaxshilanish uchun hamma narsani qilmoqda. Shuning uchun qolishdan juda xursand bo‘laman", - deya Mbappe so‘zlarini keltiradi AS.
Avvalroq, 24 yoshli fransiyalik parijliklar bilan 2024/25 yilgi mavsum uchun shartnomani uzaytirish variantini faollashtirmagani, bu esa unga 2024 yilda erkin agentga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.