Sotheby's auksion uyi basketbol afsonasi Maykl Jordanga tegishli buyumlarning eng yirik auksionini o‘tkazadi.
Bu haqda Amerikaning Barron's nashri yozmoqda.
Savdolar 23 oktyabrdan 4 noyabrgacha onlayn bo‘lib o‘tadi va eng yaxshi lot Jordanning "Chikago Bullz"ning 1996-1997 yillardagi Milliy Basketbol Assosiasiyasi (NBA) chempionligi mavsumida kiygan formasi bo‘ladi. Uning narxi taxminiy hisobda 4-6 million dollarga baholanmoqda.
Ushbu futbolkadan tashqari yana to‘rtta lot kim oshdi savdosiga qo‘yiladi.
1992 yilda Barselonadagi Olimpiadada milliy terma jamoaning oltin medalini topshirish marosimida Jordan o‘zining kurtkasiga Reebok logotipini mohirlik bilan qo‘ygan Reebok Dream Team homiysi bo‘lgan. Lekin basketbolchining o‘zi Nike bilan hamkorlik qilgan. Bayroqqa Charlz Barkli, Larri Byord, Medjik Jonson, Skotti Pippen va Jordanning ushbu afsonaviy jamoadagi boshqa sheriklari imzo chekishgan, ularni ko‘pchilik basketbol tarixidagi eng yaxshisi deb biladi.
Jordanning 1988-1989 yilgi mavsumda "Bullz"ning uy o‘yinlarida kiygan libosi 2 million dollardan ko‘proq baholangan.
"So‘nggi raqs" hujjatli filmi mavzusi bo‘lgan 1998 yil pley-off o‘yinlarida u imzolagan forma 0,8-1,2 million dollarga sotilishi kutilmoqda.
Va nihoyat, uning Shimoliy Karolina universitetida o‘ynagan vaqtidagi bir qancha buyumlar, jumladan, mashg‘ulot formasi va imzosi tushirilgan Nike krossovkalari 150-200 ming dollarga baholanmoqda.