Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Maxsus ruxsatnomasiz harakatlanganim uchun 4 mln so‘mdan ortiq jarima to‘lashim kerakligini aytdi. Shu to‘g‘rimi?

Maxsus ruxsatnomasiz harakatlanganim uchun 4 mln so‘mdan ortiq jarima to‘lashim kerakligini aytdi. Shu to‘g‘rimi?

Bugun AOKA shtabida Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

- Zarur ish bilan avtomashinamda ko‘chaga chiqishimga to‘g‘ri kelgandi. YPX xodimi meni to‘xtatib, maxsus ruxsatnomasiz harakatlanganim uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi, 4 mln so‘mdan ortiq jarima to‘lashim kerakligini aytdi. Shu to‘g‘rimi?

❗️Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga ko‘ra:

 yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarganlik uchun 223 ming so‘m,

 transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, shuningdek boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi 1 mln 115 ming so‘m,

 transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi 2 mln 230 ming so‘m miqdorda JARIMA solishga sabab bo‘ladi.

✔️ Karantin davrida maxsus ruxsatnoma olish talab qilingan avtomashinada maxsus ruxsatnomasiz ko‘chada harakatlanish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini BUZISh hisoblanadi.
 

Kiritildi: 21:45 06.04.2020. O'qildi: 2660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!