Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Maxmud Murodov UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbek jangchisi bo‘ldi

Maxmud Murodov UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbek jangchisi bo‘ldi

Maxmud Murodov eng nufuzli aralash yakkakurash klublaridan biri - UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida u o‘zining instagramida xabar qilgan.

“Men bugun dunyoning eng kuchli tashkiloti bilan shartnoma imzoladim. Buning uchun o‘z jamoamga bajarilgan ish uchun minnatdorlik bildiraman. Men UFCdagi birinchi o‘zbekman. Men qo‘llab-quvvatlaganingiz va menga bildirilgan ishonch uchun katta rahmat”, - deb o‘zgan kurashchi o‘z instagramida.

O‘tgan yozda Maxmud Murodov ikkita jang o‘tkazib ularda nokaut bilan g‘alaba qozongan edi. Undan tashqari mashhur kurashchi Floyd Meyvezer Maxmud Murodovni MMAning eng yaxshi jangchisi deb atagan edi.

UFC – Ultimate Fighting Championship, o‘zbekchaga Mutlaq jangovar chempionat deb tarjima qilsa bo‘ladi. Bu aralash yakkakurash janglari bo‘yicha dunyoda eng yirik va ommaviy klub hisoblanadi. UFC xususiy tashkilot bo‘lib u har bir jangchi bilan shartnoma asosida ishlaydi. Aralash yakkakurash olamida boshqa jangovar klublar (chempionatlar) ham bor, masalan, bellatour, M-1 Global va boshqalar kabi, lekin ular kichikroq va faqat alohida hududlarda tarqalgan.

 

Kiritildi: 11:11 17.09.2019. O'qildi: 2804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!