Engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachev jarohatidan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytganini ma’lum qildi.
"Mashg‘ulotlarga qaytdim, qo‘lim endi deyarli bezovta qilmayapti. Men chempionlik himoyasiga tayyorman", - dedi Maxachev.
Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev so‘nggi jangini iyun oyida Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, raqibini 5-raundda mag‘lub etgandi.