– Eron yadroviy qurol chiqarishni xohlamaydi, biroq bizni bomba yaratishga intilishda ayblashmoqda, – dedi Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon AQShning “NBC News” telekanaliga bergan intervyusida.
2015 yil Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron imzolagan yadroviy bitim yadro dasturini cheklash evaziga fors davlatiga nisbatan qo‘llangan sanksiya yumshatilishini ko‘zda tutgan. Donald Trampning avvalgi prezidentligi davri – 2018 yil may oyida Amerika ushbu kelishuvdan chiqib, Tehronga qarshi cheklovni qayta joriy qildi. Bunga javoban Eron hujjatda belgilangan majburiyatini bosqichma-bosqich kamaytirish, xususan yadroviy tadqiqot o‘tkazish va