Mask va Tramp o‘rtasidagi ziddiyatning sabablaridan biri AQSh prezidentining NASA rahbari lavozimiga Maskka yaqin bo‘lgan Jared Ayzekmanni tayinlashdan bosh tortgani hisoblanadi – Axios.
Respublikachi senatorlarning aytishicha, tayinlovni Mask bilan ziddiyatli munosabatlarga ega bo‘lgan prezidentning bosh yordamchisi Serjio Gor barbod qilgan.
Gor Trampning Oq uydagi eng nufuzli maslahatchilaridan biri va prezidentning o‘g‘li bilan nashriyotning hammuassisi hisoblanadi. Uning Mask bilan keskin munosabatlari mart oyida vazirlar mahkamasi yig‘ilishidagi tortishuv paytida oshkor bo‘lgandi, o‘shanda Ilon Mask AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashgandi.
"Serjio Maskning o‘zini tutishi unga yoqmayotganini va Maskning butun Vazirlar Mahkamasi oldida unga tanbeh berganidan jahli chiqqanini bildirgan", —deydi uchrashuvda qatnashgan Oq uy xodimlaridan biri.