Milliarder Ilon Mask, agar AQSh Kongressi prezident Donald Tramp “Katta ajoyib qonun” deb atayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilsa, “Amerika” partiyasini tuzish bilan tahdid qildi.
"Mamlakatimizga demokratlar va respublikachilar birlashmasidan iborat yagona partiyaga muqobil kuch zarur, shunda xalq chinakam ovoz berish imkoniga ega bo‘ladi", — deb yozdi Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.
Tramp esa Maskning tanqidiga javoban o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida elektromobillarga qarshi ekanini va Mask bu haqda uni saylovlarda qo‘llab-quvvatlaganida ham bilganini yozdi.
"Elektromobillar yomon emas, lekin hech kimni ularni majburan sotib olishga undash kerak emas. Ilon, ehtimol, tarixda eng ko‘p subsidiyalar olgan odamdir va bu holda, ehtimol, o‘z biznesini yopib, Janubiy Afrikadagi uyiga qaytishga majbur bo‘lar edi", — deb yozdi AQSh prezidenti.