Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Mask sun’iy intellektni muhokama qilish uchun Oq uyga yashirincha tashrif buyurdi

Mask sun’iy intellektni muhokama qilish uchun Oq uyga yashirincha tashrif buyurdi

SpaceX va Tesla asoschisi, milliarder Ilon Mask 2023 yilda Oq uyga yashirincha tashrif buyurib, rasmiylar bilan sun’iy intellektni muhokama qilgan.

Bu haqda «NBC News» tashrif buyuruvchilar qaydlariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .

Qayd etilishicha, Mask 13 sentyabr kuni Oq uyga tashrif buyurgan.

AQSh hukumati telekanalga ma’lumotni tasdiqladi. Bu Maskning AQSh prezidenti Jozef Bayden davridagi Oq uyga yagona tashrifi bo‘lgani va tadbirkor AQSh davlat rahbari bilan uchrashmagani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, milliarder Barak Obama va Donald Tramp prezidentlik davrida Oq uyga bir necha bor tashrif buyurgan.

Kiritildi: 09:22 22.02.2024. O'qildi: 1473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!