Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mask SpaceX va X kompaniyalarining shtab-kvartiralarini Kaliforniyadan Texasga ko‘chirishini e’lon qildi

A A A
Mask SpaceX va X kompaniyalarining shtab-kvartiralarini Kaliforniyadan Texasga ko‘chirishini e’lon qildi

Ilon Mask mahalliy hukumatning harakatlari tufayli SpaceX va X (Twitter) kompaniyalarining shtab-kvartiralarini Kaliforniyadan Texasga ko‘chirishini e’lon qildi.

Amerikalik biznesmenning tushuntirishicha, bunga Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom tomonidan imzolangan qonun sabab bo‘lgan. Bu qonun maktab xodimlaridan o‘quvchilarning jinsi o‘zgarishi haqida ularning ota-onalarini xabardor qilishni talab qilishni taqiqlaydi.

"Shu va shu kabi boshqa ko‘plab qonunlar oilalar va biznesga hujumdir. Taxminan bir yil oldin men gubernator Nyusomga bunday qonunlar oilalar o‘z farzandlarini himoya qilish uchun Kaliforniyani tark etishga majbur qilishini aytgan edim", — deya izoh berdi Ilon Mask.

Kiritildi: 21:20 17.07.2024. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!