Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Mask Qozog‘istonga yordam taklif etdi

Mask Qozog‘istonga yordam taklif etdi

AQShning davlat boshqaruvi samaradorligi bo‘yicha yangi departamenti (DOGE) rahbari, tadbirkor Ilon Mask Qozog‘istonga davlat byudjetini optimallashtirish bo‘yicha yordam taklif qildi. Bu haqda Markaziy Osiyo respublikasi iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin ma’lum qilganini "KazTAG" agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mask qozog‘istonlik amaldorga murojaat qilib, optimallashtirish xizmatlarini taklif etgan. "Men uni taklif qildim, keling, birga ishlaymiz, ishchi guruh tuzaylik. Agar qisqartirish mumkin bo‘lgan joylarni ko‘rsangiz, deb aytdim," - dedi Jumangarin.

U yana byudjetni qisqartirish oqilona bo‘lishi va respublika oddiy fuqarolariga ta’sir etmasligi kerakligini ta’kidladi. Jumangarin yangi Soliq kodeksida yirik biznes uchun imtiyozlar qisqartirilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 00:20 08.02.2025. O'qildi: 1932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!