Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mask kutilmaganda bizning yigit bo‘lib chiqdi — Medvedev

A A A
Mask kutilmaganda bizning yigit bo‘lib chiqdi — Medvedev

Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev amerikalik tadbirkor Ilon Maskning o‘rnida bo‘lganida, AQSh konstitusiyasini o‘zgartirish haqida o‘ylashini aytdi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Dmitriy Medvedev amerikalik tadbirkor Ilon Maskning o‘rnida bo‘lganida, prezidentlik saylovlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun AQSh konstitusiyasini o‘zgartirish kampaniyasini boshlash haqida o‘ylashini aytdi.

Medvedev Vetnamga tashrifi chog‘ida jurnalistlar bilan suhbatda “Mask kutilmaganda bizning yigit bo‘lib chiqdi”, dedi.

Maskning AQSh prezidentligiga nomzodini ko‘rsatish imkoniyatini baholashni so‘rab, Medvedev buning uchun AQSh konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish kerakligini ta’kidladi.

"U qila olmaydi, uning "g‘ayritabiiy kelib chiqishi" bor. Ammo men uning o‘rnida bo‘lsam, konstitusiyani o‘zgartirish kampaniyasini boshlash haqida o‘ylagan bo‘lardim”, — dedi Medvedev.

Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, SpaceX, Tesla va Twitter kompaniyalari rahbari Ilon Mask 1971 yil 28 iyunda Janubiy Afrika poytaxti - Pretoriyada tug‘ilgan.

AQShda prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan. Donald Tramp 2022 yil noyabrida prezidentlik uchun kurashga kirishishini e’lon qildi. Amaldagi davlat rahbari Jo Bayden ham aprel oyida "boshlagan ishini yakunlash" uchun ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi.

Kiritildi: 09:16 26.05.2023. O'qildi: 2011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!